Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xushxabar: Osiyo chempionatidagi navbatdagi medallariga Sarvarbek Zafarjonov mualliflik qildi
21:30 / 2021-04-22

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ortda qoldi.

Quvonarlisi, unda hamyurtimiz, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ko‘pkurash sport turlari fakulteti talabasi Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg) jamoamiz hisobiga 2 ta bronza medalini taqdim qildi.

MOQ matbuot xizmatining qayd etishicha, Sarvarbek dast ko‘tarish mashqini 166 kg natija bilan yakunlab, uchinchi natijani qayd etdi. Siltab ko‘tarishdagi 202 kg ko‘rsatkich ushbu mashqda medal taqdim qilmagan bo‘lsa ham, yakunda uning katta bronza medali sohibi bo‘lishiga zamin yaratdi. Ushbu yo‘nalishda oltin medal kutilganidek eronlik “Rio–2016” Olimpiadasi chempioni Kianush Rustamiga nasib etdi.

Og‘ir atletika, Osiyo chempionati:

Erkaklar, -89 kg.

1. Kianush Rustami (Eron) – 373 (167+206) kg;

2. Nurgissa Adiletuli (Qozog‘iston) – 372 (169+203) kg;

3. Sarvarbek Zafarjonov (O‘zbekiston) – 368 (166+202) kg.

9. Hakimjon Shamsiddinov (O‘zbekiston) – 332 (150+182) kg.