Xushxabar: Navbahor Hamidova jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida ayollar boksi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
-66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.
Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiyada o‘tgan JCHda hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi.
O‘zA