Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xush kelding, Navro‘z!
07:45 / 2023-03-21

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Xush kelding, Navro‘z” nomli tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, "Yunus Rajabiy" mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad el-yurtimiz yasharish va yangilanish, mehr-oqibat fasli sifatida e’zozlaydigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb e’tirof etilgan Navro‘z umumxalq bayramini umumxalq sayllari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlashdan iborat bo‘ldi.  

Shu bilan birga tarixiy va madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.  

Navro‘zga bag‘ishlangan ushbu ijodiy dasturni tayyorlashda qadimiy urf-odatlarimiz va xalq o‘yinlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari bo‘lgan kuy va qo‘shiqlar, o‘lan va laparlarga keng o‘rin berildi.  

Tadbir doirasida O‘zbekistonda ilk bor “Boiler room” grant tanlovi asosida g‘olib bo‘lgan “SUBLIMATION” savdo belgisi ostidagi “SOUND STATE” ma’suliyati cheklangan jamiyat tomonidan o‘zbek milliy kuy qo‘shiqlari taniqli musiqachilar: Azizbek Qalandarov, G‘ulomjon Muhamedjonov, Javharbek Ismoilov, Mansur Ahmedov, Otabek Sobirjonov, Toir Qoziyev va boshqa xonandalar  tomonidan ijro etildi.  

“Boiler room”-bu Buyuk Britaniyaning zamonaviy musiqiy platformasi bo‘lib, u har oy butun dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq jonli shoularni namoyish etadi.

Tadbirga kelgan mehmonlar o‘zbek milliy urf-odatlari, kuy-qo‘shiqlarini tinglash, raqsga tushish bilan birga Navro‘z taomi sanalgan sumalakni tatib ko‘rishlari, muzey ekspozitsiya zallari bo‘ylab noodatiy ekskursiyaga qilishlari mumkin bo‘ldi.

 

O‘zA