French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xurshidning muvaffaqiyati
06:00 / 1970-01-01

Gulistonda “Mahallamiz pahlavonlari” respublika turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Gulistonda “Mahallamiz pahlavonlari” respublika turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyatda sportning kurash turi bilan yetti ming nafardan ziyod bola muntazam shug‘ullanmoqda. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi sirdaryolik o‘g‘il-qizlarning ham ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda. Mazkur turnirning bu yilgi viloyat bosqichida oltmish nafarga yaqin polvon gilamga chiqdi. 

Murosasiz o‘tgan bahslarda Xurshid Qodirov, Jaloliddin Umarbekov, O‘tkir Haqqulov, Sabina A’zamqulova, Mehrangiz Erkinova o‘z vazn va yosh toifasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

– G‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi Xovos tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Xurshid Qodirov. – Bunday muvaffaqiyatga erishishimda mahallamizda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgani muhim omil bo‘ldi. 

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari va homiylari tomonidan rag‘batlantirildi.