English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xurshida tanlovning mamlakat bosqichiga qatnashadi
13:09 / 2022-08-02

Andijonda “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Adliya tizimi tasarrufidagi muassasalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kasbiy bilim va malakasini, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, faol, yetakchi xodimalarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida uning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.  

– bugungi kunda viloyat adliya boshqarmasi tizimida 442 nafar xodim mehnat qiladi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Muhammadbobur Karimov. – Ularning 143 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Joriy yilda ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Adliya ayoli” ko‘rik-tanlovi xodimalarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, faoliyatlarida tashabbuskorlik, yuqori natijalarga erishish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.  

[gallery-8112]

Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi bilim va malakalarini, uchinchi shartda esa bekalik, pazandalik mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi inspektori Xurshidaxon Usmonova g‘olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini ko‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Izboskan tumani FHDYO bo‘limi xodimasi Nodira Omonboyevaga, uchinchi o‘rin esa ikki ishtirokchi Andijon yuridik texnikumi o‘qituvchisi Hilolaxon Soliyevaga hamda Xo‘jaobod tumani FHDYO bo‘limi arxivariusi Gulshodaxon Ahmadaliyevaga nasib etdi.  

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (foto), O‘zA