Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xurshida Hamroyeva: endi mening ham o‘z uyim bor
11:08 / 2023-02-13

Buxoro viloyati Kogon tumanining “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini Madaniyat qo‘rg‘onidagi eski binosida Xurshida Hamroyeva voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelayotgan edi.

Xurshida opa uchun yangi yil quvonchli boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi  qaroriga binoan ayol farzand bilan ijara shartnomasi asosida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ikki xonali ijtimoiy uyga joylashtirildi.  

-Davlatimiz rahbariga biz xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, amaliy ko‘mak berayotgani uchun samimiy tashakkurimni izhor etaman – deydi Xurshida Hamroyeva. –Necha yillardan buyon ijarama-ijara yurib sarson edik. Insonparvar hukumatimiz tomonidan men va menga o‘xshash ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga e’tibor hamda amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashmoqda. Zamonaviy, shinam uy berilganidan xursandman. Endi mening ham o‘z uyim bor.    

 

Zarif Komilov, O‘zA