Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xunza turklari haqida eshitganmisiz?
12:26 / 2025-12-11

Pokiston shimolidagi Gilgit-Baltiston viloyatida, Tangri tog‘lari – Qoraqurum va Hindikush tutashuvida yastangan Xunza, Nagar va Yasin vodiylarida turkiy xalq – Xunzalar istiqomat qiladi. Nufusi – taxminan 87 000 atrofida.

Sharqiy Turkistonga yaqin joylashgan Xunza vodiysining so‘lim manzarasi, sehrli ko‘llari kishini lol qiladi. Loy va toshdan tiklangan uylar, qishloq va so‘qoqlar o‘ziga xos milliy ruh sirini asrlar davomida yashirib kelayotgandek.

Manbalarga ko‘ra, xunzalar xun davridan meros qadimiy tilda gaplashadi. Burusho deb ataladigan bu lahja hech bir til guruhiga xos emas. Mahalliy aholi Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘izistondan kelib, Pomir etagiga joylashgan turklar bilan “Salamunalaykum” deya so‘rashadi. Tana tuzilishi, madaniyati, kiyinishi, urf-odati turkiylarga yaqin. O‘zlarini Buyuk Iskandar sarkardasi avlodi, deb bilsa-da, ularning kelib chiqishi eng qadimiy sulolamiz bo‘lmish xunlarga borib taqaladi.

Комментарии 1 — Феномен плеmeni Xunza: продолжительность жизni местных  жителей до 120 лет

Tadqiqotlar xunza irsida  yunon geni yo‘qligini isbotlagan. Olingan Y-DNA natijasi Kavkaz va Markaziy Osiyo turklari genetikasi bilan bir xil. Ushbu xalq asosan o‘zi yetishtiradigan sabzavot, meva va go‘sht mahsulotlari bilan kun ko‘radi. Tog‘lik va xonaki echkilar, qoramol asosiy moddiyat bulog‘i. Qo‘l mehnati bilan yetishtiriladigan tabiiy yeguliklardan tashqari, viloyatning eng mashhur ozuqa mahsuloti o‘rik va o‘rik moyi. Xunza turklari uchun o‘rik daraxti hayotning ajralmas bo‘lagi.

Tog‘ va cho‘qqilar bag‘rida, odatiy dunyodan, har turli xavf-xatar va xabarlardan uzoqda umrguzaronlik qiladigan qardoshlarimiz 120-145 yoshgacha umr ko‘radilar. Ular dunyodagi eng uzoq yashovchi turkiy xalq sifatida tarixga kirgan.

Xunza turklari haqida yozilgan ko‘p maqolalarni o‘qidim, mavjud video lavhalarni ko‘rdim. To‘g‘risi, ularning uzoq turmush kechirishi siri boshqalar kabi meni ham  qiziqtirib qo‘ydi.

✈ Живут до 120 лет, рожают до 65: секреты долголетия плеmeni xunza

Ma’lum bo‘lishicha, xunzalar juda ko‘p miqdorda meva yer ekan, asosan toza suv va meva sharbati ichisharkan. Haftada bir kun ro‘za tutarkan. Ular qarilik neligini bilishmaydi, dehqonchilik va chorvachilik bilan muntazam shug‘ullanadi.

Bo‘sh vaqtida muzlagan ko‘lda xokkey o‘ynaydilar. O‘yin-kulgi, musiqani sevishadi. Markaziy Osiyoning mashhur surnayi, zurnasi, rubobi va do‘mbirasi bu el odamlari uchun eng sevimli cholg‘u asboblari hisoblanadi.

Asosan erkaklar tomonidan ijro etiladigan raqslari “Mavlono Rumiy raqslari”ni eslatadi. Tanasi rangi oq-sariq, qosh-ko‘zlari tim qora qardoshlarimiz suvratida xuddibirodarlarimizni ko‘rganday bo‘lasiz.

Ayollarining kiyinish uslubi, ayniqsa ro‘mol o‘rashi, yumaloq do‘ppi ustidan oq ro‘mol tashlab yurishi, milliy liboslari va taqinchoqlari momolarimizni eslatadi.

Необъясniмый феномен плеmeni xunza

Ajablanarlisi, xunzalar hozirga qadar saraton kabi xavfli xastaliklarga uchramagan. Aholi o‘ta darajada o‘qimishli, bilimli. Darvoqe, ba’zi qariyalari bilan qiynalib bo‘lsa-da, o‘zbekcha gaplashishning iloji bor.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ular Pomir tog‘lari bag‘ridan, O‘rta Osiyodan ko‘chib borgan qirg‘iz va qashqar turklari bilan yonma-yon yashagani uchun ham anglashuv oson kechadi. Yoshlari esa ingliz tilini mukammal biladi. Yigitlarining aksari Pokiston  armiyasida xizmat o‘taydi.

Xullas, xunzalar kabi uzoq umr ko‘rayin, desangiz, xomlay, quritilgan meva ko‘proq iste’mol qiling. Ayniqsa, o‘rik kundalik ozuqangiz bo‘lsin. Toza suv iching, go‘sht yeng. Yoqimsiz xabarlar, salbiy ruhdagi voqealardan uzoq bo‘ling.

Nodira Kayimova,

O‘zA