Xudayberdiyev O‘lmasjon Egamberdiyevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida
Xudayberdiyev O‘lmasjon Egamberdiyevichning 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.I.10.03 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 2-may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39-uy.
Tel.: (99871) 237-19-58, faks: (99871) 237-19-36
e-mail: admin@tiiame.uz