Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovosdagi mahallalardan birida gaz chaqnadi, qurbonlar bor
16:11 / 2023-01-16

Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Qahramon” MFYda joylashgan 2 qavatli binoning 1-qavatida 15 yanvar kuni soat 14:50 da sodir bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 2 ta xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast yetgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan, bir fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan. Holat haqida xabar topgan viloyat hokimi hamda tegishli mas’ullar voqea joyiga yetib bordi va vaziyat to‘liq nazoratga olindi.  

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Sh. Suyarov,  

O‘zA