French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovosda «Yashil makon» umummilliy harakatining Bahorgi mavsumiga start berildi
08:41 / 2023-03-05

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida start olgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi «Bunyodkor» MFY hududida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 300 dona pavlovniya, 1 250 dona terak, 500 dona terak qalamchalari, shuningdek, dala chetlariga 1 000 dona terak, 500 dona gilos va tut, 600 dona uzum ko‘chatlari ekildi.

[gallery-10831]

Kun boshida start berilgan aksiyada viloyat mutasaddilari, tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari va 5 mingdan ortiq tuman fuqarolari ishtirok etdi. Bir so‘z bilan aytganda tuman aholisi ushbu aksiyani ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, yana bir bor “Yashil makon” umummilliy loyihasi azaliy an’analarimizning hozirgi kun bilan mushtarakligini amalda isbotladi.

- Mazkur ezgu tashabbusni har bir xonadonga targ‘ib qilmoqdamiz, - deydi tuman Nuroniylar Kengashi raisi Sherbo‘ta bobo Primqulov. - Aholi vakillari ham o‘zlari ko‘ngilli ravishda safimizga qo‘shilib, yurtimiz obodligi yo‘lida mehnat qilmoqda. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad tabiatda yashillikni ko‘paytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim mo‘’tadilligini saqlash, bog‘dorchilik mahsulotlarining mo‘lligini ta’minlashga hissa qo‘shishdir.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur aksiyada doirasida Xovos tumanida 1 million 40 ming tupga yaqin daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 400 mingtasini qalamchalar tashkil etadi.

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA