English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovosda uyma-uy yurib, aholi muammolari o‘rganilmoqda
08:46 / 2022-08-15

Sirdaryo viloyati Xovos tumani xokimi Uchqun Kamolov boshchiligida sektor rahbarlari bu gal "Chamanzor" mahallasida uyma-uy yurib aholining turmush sharoitini o‘rgandi, ular bilan suhbatlashdi.

Mas’ullar tomonidan mahalladagi yo‘l infratuzilmasi, elektr, ichimlik suvi, tabiiy gaz va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholiga tegishli tomorqalar holati bilan tanishildi.

Aholining tomorqalardan qanday foydalanayotgani ko‘zdan kechirildi. Uyma-uy yurish natijasida aholining talab va ehtiyojlari, muammolari aniqlanib, yechim topish choralari ko‘rildi.

Sh.Suyarov, O‘zA