Xovosda ammiak va karbamid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yana bir yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Kipr Respublikasining «Semanti Limited» kompaniyasi hamda Xovos tumani hokimligi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, tumanning Yangiyer mahallasi hududidagi 60 gektarga yaqin foydalanishga yaroqsiz yer maydonida umumiy qiymati 562 million AQSH dollari bo‘lgan “Ammiak va Karbamid ishlab chiqarish” zavodini qurish ko‘zda tutilgan.
Ushbu investitsiya loyihasi ishga tushirilishi natijasida kuniga 1500 tonna ammiak va 1800 tonna karbamid ishlab chiqarishga erishiladi.
500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan ushbu yirik loyiha 2022-2025 yillarda to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Sh.Suyarov, O‘zA