English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovosda 2 ming 598 gektarda meva, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda
07:22 / 2022-08-05

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

bugungi kunda  tumanda 146 ta bog‘dorchilik fermer ho‘jaligi mavjud bo‘lib, 1 ming 719 gektar (shundan 650 gektar intensiv) yer maydonida olma, uzum, nok, shaftoli, olxo‘ri, gilos va behi bog‘lari tashkil etilgan. Joriy yilda ushbu bog‘larda 13 ming 413 tonna meva mahsulotlarini yetishtirish rejalashtirilgan.

Shunga muvofiq 5 ming 954 tonna olma, 1 ming 121 tonna behi, 1 ming 483 tonna shaftoli, 1 ming 489 tonna olxo‘ri, 420 tonna gilos, 201,5 tonna anor, 111 tonna yong‘oq, 931 tonna uzum yetishtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu mahsulotlarni yetishtirishning katta qismi Xovos gulshani MCHJ (ko‘p tarmoqli f/x), Xovosobod fayzli bog‘lari, Xovos Zar gaz hamda Jahongir Mirzo fermer ho‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, tumanda 1 ming 432 gektar (shundan 832 gektar bog‘ qator oralaridagi) maydonga sabzavot va 279 gektar poliz mahsulotlari ekilgan.

Hozirgi kunda 2 mln. 227 ming AQSH dollarilik meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 11 mln. 169 ming AQSH dollariga yetkazish belgilangan.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA