Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovosda 1000 gektarga yaqin uzumzor barpo etildi
08:52 / 2022-02-11

O‘tgan 2021 yil 7 iyulda davlatimiz rahbari tomonidan uzumchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilgan edi.

Unda, uzumchilik – xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, g‘ururi va daromad manbai hisoblanganligi, husayni, toyfi, Rizamat ota, kelinbarmoq va kishmish kabi uzumlarimizning dovrug‘i xorijda ham dong taratib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi rivojida ushbu tarmoqning muhim ekanligi ta’kidlangan edi. Shuningdek, selektorda Sirdaryo viloyatidan uchta (Sirdaryo, Xovos, Mirzaobod) tumanda uzum plantatsiyalarini tashkil etish vazifasi topshirilgan edi.

Berilgan topshiriqlar to‘liq bajarilib, Xovos tumanida jami bo‘lib 1000 gektarga yaqin tokzor barpo etildi. Bundan tashqari uzumzorlar maydonini yanada kengaytirish borasida amaliy xarakatlar olib borilmoqda.

Xovos tumani sektor rahbarlari yangi tashkil etilayotgan tokzorlarda bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Unda uzumchilikni yirik maydonlarda, klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish orqali sohani rivojlantirish, uzumni saqlash, saralash va qayta ishlashni tashkil etish, mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish va yangi bozorlarga chiqish orqali eksportni yeyengaytirish masalasi ko‘rildi. Ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish, uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalalari uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan birga muhokama qilindi.

Shuningdek ushbu plantatsiyalarda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha alohida choralarni ko‘rish ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tuman hokimi o‘rinbosarlariga hududlarda xorijiy investitsiyalar ishtirokida uzumchilik va vinochilik klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklandi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA