English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovos tumanidagi IES qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi
15:37 / 2022-07-17

Ma’lumki, qurilishda seysmologiya va zamonaviy arxitektura talablariga alohida e’tibor berish eng asosiy talab hisoblanadi.

Ushbu talablarga to‘liq rioya etilishi esa bunyod bo‘layotgan bino-inshoot yoki ishlab chiqarish ob’ektining uzoq yillar xizmat qilishida muhim o‘rin tutadi.

Xovos tumanidagi yangi barpo etilayotgan IESdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish ham ayni shu maqsadda tashkil etildi.

Unda tuman hokimi U. Kamolov va Sirdaryo viloyati Qurilish nazorat inspeksiyasi hodimlari birgalikda qilinayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganishda, qurilish ishlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, qurilish ob’ektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari hamda qo‘llanilayotgan qurilish materiallari va buyumlarini qoidalar hamda standartlarga rioya etilishiga alohida e’tibor berildi.

Ma’lumot o‘rnida, qiymati 150 million AQSH dollari bo‘lgan 220 megavatt quvvatga ega IES 7 gektar yer maydonni egallagan. Uning ishga tushirilishi bilan 80 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Qurilish davrida esa 450 ta ishchi kuchidan foydalanilmoqda.

Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,76 milliard kilovatt soatni tashkil etadi. Buning uchun yillik 385 million metr kub tabiiy gaz talab etiladi. Odatiy stansiyalarga nisbatan 150 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA