Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovos tumani va Yangiyer shahri hokimlari hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazdi
15:00 / 2022-02-14

Inson manfaatlarini himoya qilish uchun xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida e’tibor berilmoqda.

Rahbarlar xalq bilan muloqotga kirishib, ularni eshitishi uchun joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bu kabi muloqotlar xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu kabi qabullarning navbatdagisi Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi Uchqun Kamolov va Yangiyer shahar hokimi Elyor Xo‘jayev hamkorligida o‘tkazildi. Unda 2 ta hududning sektor rahbarlari, barcha tashkilot, muassasalarning rahbar va mutasaddilari ishtirok etdi. Bunda "Xovos city"da istiqomat qiluvchi aholi muammolari o‘rganildi.

Aholi asosan, ish bilan ta’minlash, bank kreditlari, ichimlik suvi, chiqindixonalar o‘rnatish, kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan murojaat qildi.

Kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Murojaatlarni hal etish bo‘yicha rahbarlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

 

Sh.Suyarov, O‘zA