Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xovar: Konferensiyada Tojikiston ham ishtirok etmoqda
16:52 / 2022-07-26

Tojikiston hukumati ham mazkur konferensiya (“Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi - tahririyat)ga alohida e’tibor qaratmoqda, deb yozadi Tojikistonning yetakchi axborot agentligi “Xovar”.

Zero, anjumanda Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi bosh direktori o‘rinbosari hamda Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i ishtirok etmoqda.

Qirg‘izistonning “Kabar” davlat axborot agentligi esa mazkur xalqaro konferensiyaga Qirg‘iziston Prezidentining muhim topshiriqlar bo‘yicha maxsus vakili Taalatbek Masodiqov rahbarligidagi nufuzli delegatsiya yuborilganini ta’kidlagan.

Umuman, mintaqamiz uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur muhim voqelikni Markaziy Osiyo mamlakatlari OAV tezkorlik bilan batafsil yoritib borayotgani tabiiy.

S.Rahimov, O‘zA