Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotirlash va qadrlash xalqimizga xos qadriyat
17:56 / 2023-05-08

Jafokash o‘zbek xalqi boshidan ne-ne qora kunlarni o‘tkazmadi, qanchadan-qancha ota-bobolarimiz el-yurt tinchligi uchun jonlarini fido qilishmadi. Bugun sizu biz yashab turgan dorilomon kunlarga yetib kelishimiz oson bo‘lmaganini shonli tariximiz isbotlab turibdi. Ularning ko‘rsatgan qahramonliklari qalbimizda abadiy yashaydi.

Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ayniqsa, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirlanadi, tiriklar holidan xabar olinadi, hurmat bajo keltiriladi. Xotirlash va qadrlash xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.  

Ushbu sana munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnatkashlarining xonadonlariga tashrif buyurilib, sovg‘a-salomlar olib borilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu ishlardan “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi ham ortda qolayotgani yo‘q. Joylarda fond mablag‘lari hisobidan urush qatnashchilari, keksa faxriylar xonadonlariga borilib, oziq-ovqat mahsulotlari ulashilmoqda. Viloyat markazidagi taniqli san’atkorlar ishtirokidagi keng ko‘lamli tadbirlarda ishtirokchilarga sharaf lentalari tarqatilmoqda. Maqsad qahramonlarimiz xotirasini abadiylashtirish.  

O‘lmas Barotov, O‘zA