Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira va qadrlash tadbirlari davom etmoqda
16:16 / 2023-05-09

Jizzax viloyatida ham 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Jizzax shahridagi Xotira xiyobonida mutasaddilar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi. Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.

Yaratganga behisob shukurki, bugun mamlakatimiz tinch-osoyishta, farzandlarimiz sog‘-salomat, ota-onalarning ko‘ngillari xotirjam. 9 may – Xotira va qadrlash kuni bizni shu osuda hayotning qadriga yetishga, barcha xalqlar, millatlar bilan do‘st, totuv, hamfikr va hamkor bo‘lib, yorug‘ kelajak bunyod etish sari dadil undamoqda.  

– Jizzax viloyatida bugungi kunda 4 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va 2 nafar fashist konslagerlarida asirlik azobini tortgan, 278 nafar urush orti mehnat faxriylari istiqomat qilmoqda. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarni esa qadriga yetishimiz, hammamiz va har birimiz uchun ham qarz, ham farz demakdir, – dedi Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev.  

[gallery-11815]

Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, o‘tganlar ruhi yod etiladi. Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.  

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy tadbirida barcha yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.  

9 may – Xotira va qadrlash kuni tadbirlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA