Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira turniri qizg‘in o‘tmoqda
10:19 / 2024-05-31

Poytaxtimizdagi «Paxtakor» majmuasida joylashgan qilichbozlik zalida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Hasanova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda.

Qilichbozlik bo‘yicha 2008 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur musobaqada mamlakatimiz qilichbozlari hamda Qozog‘istondan tashrif buyurgan sportchilar ham ishtirok etmoqda. Ushbu turnirning navbatdagi kunida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar o‘tkazildi.  

Ushbu bahslarda Toshkent-1 jamoasi o‘g‘il bolalar orasida, Andijon-1 jamoasi esa qizlar o‘rtasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Endi qilichbozlar mazkur musobaqa doirasida shpaga yo‘nalishida g‘oliblik uchun kuch sinashadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA