Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira – muqaddas, inson qadri – aziz
13:42 / 2023-05-09

9 may – Xotira va qadrlash kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ham keng nishonlanmoqda.

Tuman hokimligi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari hamda himoyaga muhtoj oila vakillari holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari va turli sovg‘alar ulashildi.  

Tashkil etilgan bu kabi tadbirlar front ortidagi faxriylarimiz qalbida o‘zgacha mamnuniyat uyg‘otdi. El hurmatiga sazovor bo‘lgan nuroniylar o‘tgan umrini yodga olar ekan, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukrona keltirib, yurtga tinchlik, osoyishtalik, oilalar mustahkamligi, dasturxonlar to‘kinligini tilab, duoga qo‘l ochdi.  

– Tinchligimiz, farovon hayotimizga ko‘z tegmasin ilohim. Xalqimiz bolajon xalq, duo qilamanki farzandlarimizning kelajagi porloq va yurt koriga yaraydigan barkamol bo‘lib yetishsin, – deb duo qildi So‘fiyon qishlog‘ida yashovchi 102 yoshli Salima ona tuman hokimi A.Fayzilloyev bilan bo‘lgan samimiy suhbatda.  

Nigohlari o‘tkir, yuzlari nurli bu onaxonning suhbatida bo‘lgan borki, uning soddaligi, samimiyati, shu bilan birga ko‘pni ko‘rgan, hayot chig‘iriqlaridan mardonavor o‘tganligini payqab unga hurmati yanada oshadi.  

Navbahorlik Norbibish Bozorova salkam bir asrni ortda qoldirgan bo‘lishiga qaramay hamon tetik, hayotga ishtiyoqi baland. O‘tmish davrlardagi qiyinchilik, yo‘qchilikni bugungi dorilomon kunlar bilan solishtirgan onaxonning tili va qalbidan shukronalik yangradi.  

 

Mirjalol Sattorov,  

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi raisi  

O‘zA