English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira – ertani yoritguvchi nur
11:38 / 2023-05-08

El-yurtimizning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi, urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi barchamiz uchun ulkan jasorat maktabi, g‘urur-iftixor manbaidir.

Mamlakatimizda har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli xil tadbirlar tashkil etilib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltiriladi, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga e’tibor va ehtirom ko‘rsatiladi.  

Bayram munosabati bilan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 25-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli tadbir ham ana shunday ezgu ishlarning kichik bir misoli bo‘ldi.  

Tadbirda ota-bobolarimizning  urush vaqtidagi matonatlari o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari orqali yoritib berildi.  

Maktab o‘quvchilarining ijodiy chiqishlaridan so‘ng “Uch avlod uchrashuvi” doirasida davra suhbatlari uyushtirildi. Uchrashuvga taklif etilgan faxriy keksalar urushning insoniyat uchun naqadar dahshatli ekani haqida  yoshlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, bugungi tinch, farovon hayotimiz millionlab insonlarning o‘z hayotlarini fido qilish evaziga kelgani, tinchlikni qadrlash har birimizning insoniylik burchimiz ekani ta’kidlandi.  

 

Dilnoza Ashurova,  

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani  

25-umumta’lim maktab o‘qituvchisi

O‘zA