Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonlari hisoblanadi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun safimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 1chi bosqich talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrifda universitet ma’muriyati vakillari, prorektorlar, kafedra mudirlari hamda turli kurslardan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ekskursiya davomida muzey xodimlari tomonidan ishtirokchilarga ekspozitsiyalarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga qatag‘on davriga oid arxiv hujjatlar, fotosuratlar, shaxsiy buyumlar va guvohlarning xotiralari namoyish qilinib, o‘tgan asrning murakkab jarayonlari, jadid ziyolilarining hayoti va faoliyati hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida tushuntirishlar berildi.
Talabalar tashrifdan katta taassurot olib, ajdodlarimizning istiqlol yo‘lidagi kurashlari va ko‘rgan mashaqqatlari haqida yanada kengroq tushuncha hosil qildilar. Tashrif so‘ngida muzey rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etilib, kelgusida ta’limiy dasturlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jVYDoQuYkNo" title="Xotira bor ekan – millat barhayot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA