French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi
17:06 / 2022-01-12

Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabullar o‘tkazib kelinyapti. Galdagi manzil Yunusobod tumani bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

Yunusobod tuman hokimiyati, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi, tumandagi Davlat xizmatlari markazi, Adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, IIB, FHDYO, tibbiyot birlashmasi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, MIB, Xalq banki Yunusobod filiali, deputatlar kengashining mas’ullaridan iborat jami 12 ta tashkilot hamkorligida o‘tkazilayotgan sayyor qabulda mahallalardagi huquqiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish maqsad qilingan.

Xususan, sayyor qabullar Yunusobod tumanidagi «Sharq haqiqati», «Turkiston», «Nurmakon», «Uch qahramon», «Yangi hayot», «Bog‘iyeram», «Muruvvat», «Yurtobod», «Shoshtepa», «Mehnatobod», «Adolat», «Xusniobod», «Akbarobod», «Shaxriston», «Yangiariq», «Otchopar-2», «Bog‘ibo‘ston», «Xiyobontepa», «Matonat», «Mirzo Ulug‘bek», «Yangi tarnov», «Usta Shirin», «Katta Xasanboy», «Yangibog‘», «Sevinch», «Qadrdon» mahallalarida iyul oyiga qadar ketma-ketlikda tartib asosida o‘tkaziladi.

Huquqiy masalalar yuzasidan muammolarini tizimli hal etish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish uchun Yunusobod tumandagi «Sharq haqiqati» mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda xotin-qizlar va «Temir daftar»ga kiritilgan ayollar murojaatlari bilan mutasaddilarga yuzlanishdi.

— Qabul davomida xotin-qizlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, nikohdan ajratish, bola ta’minoti uchun aliment undirish, uy-joy muammolari, uyga kiritish, foydalanish tartibini belgilash, merosxo‘r deb topgan holda merosdan ulish ajratish, otalik va tug‘ilish faktini belgilash, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, nafaqalar rasmiylashtirish, da’vo arizalar bilan sudga murojaat qilish tartibi kabi qator masalalar bilan yuzlanishdi. Ayollariga yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, - deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Zulfiya Nuraliyeva.

Sayyor qabulda ayollarning ko‘plab masalalari ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, qabuldan so‘ng tumandagi ayollar uchun ko‘chma tibbiy ko‘rik ham tashkillashtirildi.