Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
12:31 / 2025-12-22

Buxoroda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma tashabbusi – “O‘zbekistonda munosib mehnat o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoyani tezlashtirish orqali rasmiy bandlikka adolatli o‘tishni ta’minlash” dasturi doirasida xotin-qizlar uchun o‘quv dasturi o‘tkazildi.

O‘n kunlik seminar davrida xotin-qizlarga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi, biznes reja va loyihalarini ishlab chiqishi, iqtisodiy-moliyaviy tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha huquqiy bilimini oshirishi uchun ko‘maklashilmoqda. Yakuniy qismida tanlab olingan eng sara yirik loyihalar asosida, ishtirokchilar keyinchalik BMT Taraqqiyot dasturining 2026 yildagi kichik grantlar dasturi orqali moliyaviy ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash kerak, dastur norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznesini rasmiylashtirish va barqaror bandlikka o‘tishlariga ko‘maklashishni maqsad qilgan. Dastur BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, EKVITA Italia tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA