Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari qay darajada himoyalanmoqda?
12:22 / 2022-04-11

So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, mehnat huquqlarini himoya qilish dolzarb masalalardandir.  

Bu borada Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.   

Avvalroq qo‘mita tomonidan Vazirlar Mahkamasiga Yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan parlament so‘rovi yuborilgan edi. Joriy yilning 6-7 aprel kunlari qo‘mita raisi M.Qodirxonova va qo‘mita a’zosi G.Marufova parlament so‘rovi natijalari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.  

Senatorlar “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi hamda unga a’zo bo‘lgan korxonalarni joyiga chiqib o‘rgandi. Shuningdek, parlament so‘rovida belgilangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va hududlar kesimida amalga oshirilgan ishlar, xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  

Korxona rahbarlari va ishchilar bilan suhbatlar o‘tkazildi. O‘rganish davomida sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi borasida tadbirkorlardan takliflar olindi.  

Ta’kidlash joizki, parlament nazoratini faol amalga oshirish orqali yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan minglab xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, muammolarini hal etish va huquqlari ta’minlanishida alohida ahamiyat kasb etadi.    

Muhtarama Komilova, O‘zA