Ilmga intilish, ilm olish va ilmiy izlanish masalasi jins ham, millat ham tanlamaydi. Jamiyatning taraqqiyoti ilm-fanga e’tibor bilan ekan, unga bo‘lgan munosabat ham yuqori darajada bo‘lishi tayin. Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida bu ishga jiddiy qaralayotgani sir emas.
“Iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani to‘g‘ri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantiradi”, - deydi davlatimiz rahbari.
Shunday ekan, institutimizda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilarning ham, ilmiy izlanishga mayli ustun bo‘lgan talaba qizlarning ham bu sohada o‘z ulushi bo‘lishi foydadan xoli emas.

Shundan kelib chiqqan holda, institutimiz ayollari va talaba qizlari bugungi kunda barcha sohalarda ta’lim, tarbiya, ma’naviy va ma’rifiy sohalardagina emas, balki ilmiy sohalarda ham faol bo‘lishni o‘z oldilariga reja qildilar desak, adashmaymiz.
Kecha Xotin-qizlar Kengashi va institut “Olima ayolar” klubi tashabbusi bilan barcha institut professor-o‘qituvchilar, talaba – qizlar, bo‘lim xodimi ayollari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, institutimizning Buxoro va Qarshi filiallari xotin-qizlari, shu bilan birga institut qoshidagi Interneshnl-Xaus-Toshkent akademik litsey xotin-qizlari ishtirokida O‘zbekiston Xotin-qizlar “Olima” Uyushmasining raisi Rahbar Murtazayeva, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Toxir Sultonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ruzimurat Choriyev, “Olima ayolar” klubi rahbari Umida Sangirovalarni taklif qilgan holda “VEBINAR - SUHBAT” o‘tkazildi.
Vebinar-suhbatda xotin-qizlar masalasini davlat siyosati darajasida ko‘tarilib kelinayotganligi, institut professor-o‘qituvchi ayollari va barcha talaba qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularni barcha jabhalarda faolligi va shu bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘zlarini ko‘rsatib kelayotganlari haqida fikr yuritildi. T.Sultonov tomonidan barcha ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimizga imkoniyatlar eshigining ochiqligi va ular bilan birga hamkorlikda ishlash va kerakli maslahatlar berish kabi takliflar aytib o‘tildi. Shu bilan birga bir qancha taklif va maslahatlar ham berib ketildi. Barcha vebinar ishtirokchilari tomonidan savol-javoblar olib borildi, kerakli takliflar, ma’lumotlar olindi.

Rahimboy JUMANIYOZOV,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari