French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyada
14:55 / 2021-11-25

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tomonidan 25 noyabr – Xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonligiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonligining oldini olish masalalari” mavzusida soha mutaxassislari hamda jamiyat va davlat boshqaruvining faol ishtirokchisi bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Keyingi yillarda gender tenglikni ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor samarasida ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligi ham ortmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida bugungi kunda bir nechta xotin-qiz Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga deputat etib saylangan, yana bir qanchasi turli sohalarda rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotir.  

Ammo xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqei oshirilayotgan bir pallada, ularning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgani ham sir emas. Joriy yilning 10 oyi davomida viloyatda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 3504 nafar xotin-qizga Ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderlari berilgan. Shuningdek, 200 nafar xotin-qiz jinoyat qurboni bo‘lgan.

[gallery-4798]

bugungi tadbir shu kabi holatlarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, huquqiy savodxonligini yuksaltirish, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadiga qaratildi.  

Uchrashuvda so‘zga olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlari to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

 

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA