French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarning hayotiy maqsadlari, qadriyatlari o‘zgardimi?
14:46 / 2025-02-06

Mamlakatimizda xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Ularning hayotiy maqsadlari va qadriyatlari jamiyat, madaniyat, shaxsiy tajriba, zamonaviy tendensiyalar va mavjud shart-sharoitlar ta’sirida shaklan yangi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida ularning hayotiy maqsadlari, qadriyatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazildi. Ularda mamlakatning 8 ta hududida istiqomat qiluvchi 547 nafar xotin-qiz ishtirok etdi. 

Xotin-qizlarning bandligi shahar va qishloq hududlari kesimida o‘rganilganida har beshinchi xotin-qiz davlat tashkilotlarida faoliyat olib borishi va shahar hududida yashovchilar orasida ularning ulushi biroz ko‘pligi (23 foiz) aniqlandi.  

So‘nggi yillarda mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tengligi masalalariga tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqot natijalarida jamiyatda erkak va ayolning teng huquqliligini ta’minlash dolzarb masala ekanligini qo‘llab-quvvatlovchi xotin-qizlar ulushi o‘rtacha 49,8 foizni tashkil etdi.  

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jamiyatdagi aksariyat ayollar (80,6 foiz) ta’lim olish va uni davom ettirishni muhim deb hisoblaydi. Xususan, ularning 62,6 foizi oliy ma’lumotga ega bo‘lishni o‘ta muhim, har beshinchisi esa (18 foizi) ko‘p jihatdan muhimligini ta’kidladi. 

So‘rovda ishtirok etganlarning 72 foizga yaqini iqtisodiy farovonlik ular uchun o‘ta muhimligini, beshtadan bittasi (19,4 foiz) ko‘p jihatdan muhimligini ta’kidlashgan. 

Xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi ularning inson salomatligini qay darajada qadrlashi masalasi bilan uzviy bog‘liq. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayollarning aksariyati sog‘lom hayot kechirish har bir inson uchun o‘ta muhim ekaniga ishonadi.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA