BMT Bosh Assambleyasining «Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar» to‘g‘risidagi rezolyutsiyasida gender tenglikni ta’minlash masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, butun dunyoda xotin-qizlarning fan, texnika va innovatsion yutuqlardan teng va to‘laqonli foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish qayd etilgan.
BMT qaroriga ko‘ra, 2016 yildan boshlab har yili 23 aprel – «Xalqaro axborot texnologiyalari sohasidagi qizlar kuni» sifatida nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarning ilm-fandagi salohiyatiga e’tibor qaratish va qo‘llab-quvvatlashdir.
So‘nggi 15 yil ichida jahon hamjamiyati xotin-qizlarni ilm-fanga jalb etishda sezilarli yutuqlarga erishdi.
bugungi kunda mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasidagi qizlar ulushi nisbatan ozchilikni tashkil etib, ko‘proq xotin-qizlarni texnologiya dunyosiga olib kirish uchun keng imkoniyatlar yaratish muhim.
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va idoralar bilan hamkorligida «Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlarning o‘rni va roli» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida shular borasida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarni zamonaviy axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb etish, bilimlarini oshirish borasidagi vazifalarga to‘xtalib urg‘u berildi.
Shu bilan birga, axborot texnologiyalari sohasida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning taqdimotlari ham o‘tkazildi va faol ishtirok etgan xotin-qizlarga tashakkurnomalar topshirildi.
M. Komilova, O‘zA