Mamlakatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikningbarcha shakllaridan himoya qilish sohasida milliyqonunchilik bazasi va huquqiymexanizmlari yaratilgan.
Ushbu mexanizmlar faqatgina jabrlanuvchilarni himoyaqilib qolmay, ularni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviyjihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shuningdek,davlat organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchiidoralar orqali amalga oshiriladigan tezkor choralar, zo‘ravonlikning oldini olish va jabrlanuvchilarxavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Ayni mavzuda «Madad» nodavlat notijorat tashkilotining Yunusobod tuman maslahat byurosi bosh mutaxassisi HusniddinBibayev o‘z fikrlarini bildirdi.
— Qonunchiligimizda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish borasida aniq tartib-qoidalar mavjud. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni asosiy huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu qonun O‘zbekistonda ayollar kamsitilishi va ayollarga zo‘ravonlik ko‘rsatishning barcha shakllariga nisbatan qonuniy choralarni belgilab beradi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ham ayni yo‘nalishdagi huquqiy masalalarni tartibga soladi.
Ushbu hujjat asosida himoya orderini qo‘llash tartiblari aniq ko‘rsatmalar asosida belgilab berilgan.Unga ko‘ra, himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat bo‘lib, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan muayyan cheklovlar joriy etilishini nazarda tutadi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning olti oyida zo‘ravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 55 ming 757 nafar xotin-qizlarga himoya orderirasmiylashtirildi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: himoya orderi qanday asoslargako‘ra beriladi?
Orderni olish uchun bir nechta asoslar mavjud. Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili murojaat qilishi, shuningdek jismoniy va yuridikshaxslarning, ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlari ham asos sifatida ko‘riladi.
Shu bilan birga, tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari vakolatli organlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlansa yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan tegishli materiallar olingan bo‘lsa, bu ham himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi.
Shuningdek, jabrlanuvchi o‘z murojaatini qulay tarzda Yagona interaktivdavlat xizmatlari portali orqali ham taqdim etishi mumkin.
Jabrlanuvchiga tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga nisbatan himoya orderida tegishli cheklovlar belgilanadi.
Order ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorihamda voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan beriladi.
Darhaqiqat, davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikning kuchaytirilishi, qonunchilikning bosqichma-bosqich takomillashuvi va profilaktik ishlarning izchil olib borilishi xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Eng muhimi, ushbu tizimning samarali ishlashi jamiyatdazo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi hamda har bir ayolning huquqi, sha’ni vaqadr-qimmati davlat tomonidan ishonchli himoya ostida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Marhabo Hojiakbarova, O‘zA