FOTOREPORTAJ
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi nazoratida bo‘lgan, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni ishga joylashtirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva hamda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova ishtirok etdi.
[gallery-24503]
Uchrashuv davomida ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar eshitildi. Ularning yechimini amalga oshirish yuzasidan taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi hamda hayotga tadbiq etish belgilandi.
Yakunda ishtirokchilar e’tiboriga “Odam savdosi” va “Gender zo‘ravonlik” mavzularidagi videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, sog‘lig‘ida muammosi bor xotin-qizlar “Sog‘lom avlod” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA