Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarga yana bir imkon
11:35 / 2023-10-03

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlar davlat granti asosida ta’lim oladilar hamda ularning xarajatlari to‘liq davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 

Qaror bilan kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10 va 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida kasbga (mutaxassislikka) yo‘naltirish ishlarini doimiy ravishda tashkil etib borish vazifasi yuklatilgan.

O‘zA