Toshkent shahar hokimligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ishtirok etib, aziz ayollarimizni ushbu ayyom bilan samimiy tabrikladi.
Hokim o‘z tabrik so‘zida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni naqadar muhim ekanini ta’kidlab, ularning fidokorona mehnati, kasbiy mahorati hamda faol fuqarolik pozitsiyasi yuksak e’tirofga loyiqligini qayd etdi.
Tadbir doirasida shahar hokimi tomonidan Prezidentimiz farmoni bilan jamiyat hayotidagi faolligi, kasbiy yutuqlari hamda mamlakat rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlangan 30 nafar xotin-qizga orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.
Jumladan, “Do‘stlik”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Salomatlik” ordenlari, shuningdek “Kelajak bunyodkori” hamda “Shuhrat” medallari topshirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA