Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi
22:11 / 2025-08-12

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil birinchi yarmida respublika bo‘yicha 48 mng 303 tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 121 foizga ko‘pdir.

Eng ko‘p holatlar Toshkent viloyatida 9 ming 414, Buxoro viloyatida 5 ming 612, Qashqadaryo viloyatida 5 ming 268 va Andijon viloyatida 4 ming 808 holat qayd etilgan. Shu davrda 930 nafar ayolga takroriy himoya orderlari berilgan.

Ko‘rinib turibdiki, qabul qilingan qonunlar va choralariga qaramay, so‘nggi yillarda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari oshib bormoqda.

Shu sababli, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish,  tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Senatning Yoshlar, xotin-qizlar,madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Malika Qodirxonova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaga senator so‘rovi yubordi.   

Senator so‘rovida qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash, profilaktik ishlarni kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mahallalarda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish so‘ralgan.

                                                         N.Abduraimova, O‘zA