Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi
15:50 / 2024-10-16

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi.

Tadbirda tuman hokimi A. Mansurov, viloyat hokimi o‘rinbosari D. Yoqubova, viloyat hokimi maslahatchisi I. Qo‘chqorova, sektorlar rahbarlari, nuroniylar va 200 dan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan bayram tadbirida nozik xilqat vakillariga yana bir bor yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

[gallery-19782]

Tadbir davomida ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ular e’tiboriga tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA