French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi boshlandi
15:30 / 2024-08-10

Adliya vazirligi tomonidan 1 avgustdan 30 avgustga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Adliya kuni”, “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida olis va chekka hududlarda sayyor qabullar, xotin-qizlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan aksiya doirasida joylarda turli uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Piskent tumanidagi Oqtepa mahallasida faol xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda xotin-qizlar huquqlari, berilayotgan imtiyozlar, gender tenglik, saylov  masalalari yuzasidan tegishli tushuntirish berildi.

– Huquqiy aksiya doirasida joylarda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda mahallalarda uyma-uy yurish, “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish reja-grafiklaridan kelib chiqib shu kunga qadar 22 ta sayyor qabul o‘tkazildi, – deydi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Erkin Doripov. – Sayyor qabullarda 270 nafardan ortiq xotin-qizlarning qatnashishi ta’minlandi. 20 dan ortiq murojaatlar joyida hal etildi va 13 nafar xotin-qizlarning murojaatlari adliya organlari ish yurituviga qabul qilindi. Sayyor qabullar davomida jismoniy va yuridik shaxslarga 6 ta notarial xizmatlari, 67 ta turli xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

Shuningdek, aksiya doirasida xotin-qizlarga bepul onlayn kurslar tashkil etilib, bepul yuridik yordam va huquqiy maslahatlar beriladi, Hududlarda bo‘sh ish o‘rinlari uchun mehnat yarmarkalarini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.    

Muloqotlar davomida mutaxassislar tomonidan saylov qonunchiligi, mojaritar va proporsional saylov tizimi haqida ham batafsil tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilmoqda.

A.Musayev, O‘zA.