Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xotin-qizlar va yoshlar haftaligi”ga start berildi
09:28 / 2022-06-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Xotin-qizlar va yoshlar haftaligi”ga start berildi.

Mazkur tadbir Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, Xalq banki bilan birgalikda o‘tkazilmoqda.   

Haftalikda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish,  ularning bandligini ta’minlash sohasidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tajribasi boshqa hududlarga tanishtiriladi. 

Haftalikning birinchi kunida Nukus shahridagi Yoshlar markazida Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, Qoraqalpoq milliy liboslari namoyishi hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. 

Senat, vazirlik va idoralar, “Tadbirkor ayollar klubi”, “Gender adolat lideri” tuzilmasi a’zolari hamda OAV vakillari, xotin-qizlar ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi. Qoraqalpoq milliy liboslari namoyishi tashrif buyurganlar e’tiboriga havola qilindi. 

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda ma’ruzachilar qoraqalpog‘istonlik xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada jadallashtirish yuzasidan takliflar bildirdi. 

Senat bo‘limi mudiri Nodira Shotursunova xotin-qizlar bandligi, ayollar tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan amaliy yordam xususida to‘xtalib o‘tdi.  

Davra suhbati davomida ayollar va yoshlar tadbirkorligi, ularga berilayotgan imtiyozlar xususida tushunchalar berildi.  

Tadbir yakunida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyat yo‘nalishlari hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga grantlar ajratishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

O‘zA