Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etiladi
08:30 / 2023-07-05

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Robaxon Maxmudova Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyat yoshlari, professor-o‘qituvchilar, mehnat faxriylari, jamoat tashkilotlari a’zolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi raisi Orif Shukurov olib bordi. Tadbir davomida ishonchli vakil Inomjon Qudratov saylovchilarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. Prezidentlikka nomzod so‘zga chiqib o‘z saylovoldi dasturidan o‘rin olgan taklif va maqsadlari mazmun-mohiyatini saylovchilarga tushuntirdi.  

Xususan, nomzod o‘z dasturida Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida huquqiy demokratik, ijtimoiy davlat va barcha uchun farovonlik ta’minlangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishning sotsial-demokratik modeli taklif etilayotganligi, pedagoglar va tibbiyot xodimlari maqomini mustahkamlash va ularning mehnatini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.  

[gallery-12609]

Shuningdek, Dasturda inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat va jamiyatning eng yuksak qadriyatlari ekanligi tan olinib, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatimizni erkinlik, adolatlilik, birdamlik, ijtimoiy himoya va mas’uliyat tamoyillari hukmronlik qiladigan, aholining yuqori turmush darajasiga ega rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga erishish kabi vazifa va maqsadlarga alohida e’tibor qaratilganligi qayd etildi.  

Shu bilan birgalikda, nomzod dasturidan o‘rin olgan oilani mustahkamlash bo‘yicha milliy indekslarni, shuningdek, tegishli xalqaro reytinglarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat 2030” konseptual g‘oyasini amalga oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, ayniqsa, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishga oid ezgu g‘oya va takliflar aytib o‘tildi.  

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar nomzodning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, jizzaxliklarni saylovda ushbu nomzodga ovoz berishga da’vat qildilar.  

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA