English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar sporti: Kadrlar zaxirasi yaratilmoqda
12:29 / 2025-09-22

Bugun yurtimizda xotin-qizlarning turli sohalarda rahbarlik salohiyatini namoyon qilishi va davlat boshqaruvida munosib o‘rin egallashiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, sport tizimida xotin-qiz kadrlar zaxirasini shakllantirish jarayoni soha taraqqiyotida yangi bosqich hisoblanadi. Chunki bilimli va tashabbuskor xotin-qiz kadrlar orqali tizim samaradorligini yanada oshirish mumkin.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Sport vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan salohiyatli va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ularni boshqaruv sohasida bilim va malakasini oshirish maqsadida “Istiqbolli xotin-qiz kadrlar” maxsus dasturiga start berildi.

Tadbirda davlat fuqarolik xizmatida yuqori turuvchi lavozimlarga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, milliy kadrlar zaxirasida ularning ulushini oshirish bo‘yicha islohotlar davom etayotgani ta’kidlandi.

Qayd etish lozimki, dastlab ushbu maxsus dasturni tashkil etish uchun vazirlik normativ hujjati tasdiqlanib, keyingi jarayonda tizimdagi 18 ming 262 nafar xotin-qiz kadrlar orasidan har bir hududdan 10 nafardan jami 140 nafar salohiyatli xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumot shakllantirildi.

Nomzodlar test sinovlaridan o‘tkazildi, yuqori ball to‘plagan 56 nafar nomzod suhbatga tavsiya etildi. Suhbatlar jarayonidan 30 nafar nomzodlar saralab olinib, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga o‘qishga tavsiya etildi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA