French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar shahar hokimi sovrini uchun bellashdi
05:35 / 2022-08-05

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida mahallalar xotin-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, salomatligini mustahkamlash maqsadida “Shahar hokimi sovrini uchun” sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda 300 nafar xotin-qiz o‘zaro bellashdi.  

[gallery-8164]

Musobaqaning ochilish marosimida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, viloyat hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, hamkor tashkilotlar vakillari, sport bo‘limi mas’ullari,  xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. 
Sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, yengil atletika, arqon tortish hamda armrestling (qo‘lda kuch sinash) turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi. 
Musobaqa yakunida g‘olib xotin-qizlar Termiz shahar hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar