Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar orzu istagi jam bo‘lgan tashabbus
12:32 / 2022-03-22

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar rolini oshirish milliy va demokratik qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning har bir chiqishida onalarimizga, opa-singillarimizga, yosh qizlarimizga bo‘lgan e’tibori yurtimizda Xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning yuqori namunasi hisoblanadi.
2022 yil 1 mart kuni O‘zbekiston xotin-qizlari tarixida unutilmas sana bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bu kun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotin-qizlarga bag‘ishlangan videoselektor majlisini o‘tkazdi.
Jamiyat tayanchi, oilalar barakasi, farzandlarning komil tarbiyachisi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘ylantirib kelgan masalalarga yechim bo‘ladigan, ularning bugungi kundan ko‘ngli to‘lib, ertangi kuniga katta umid beradigan aniq rejalar belgilab berilganligiga oddiy uy bekasi, ona va oliy o‘quv yurtida qizlar tarbiyachisi sifatida meni juda quvontirdi.
Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturining qabul qilinishi haqidagi fikri bilim olishga ishtiyoqi baland qizlarimizning ilm yo‘lida katta burilishlarga yo‘l ochilishiga turtki bo‘lib, bu o‘z navbatida kelajagimiz asosining yanada mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
To‘qimachilik sohasida alohida universitet, texnikumlar tashkillashtirilishi, aniq fanlar, texnika va yuridika mutaxassisligiga qabul qilish 24 foizdan 40 foizga yetkazilishi, oliy o‘quv yurtlari, texnikum va kollejlarda bilim olayotgan qizlarga ta’lim kreditinng 7 yilga hech qanday foizsiz berilishi katta yangiliklardan biri bo‘ldi. Bunday e’tibor xotin-qizlarimizning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va umidini yanada ortishiga asos bo‘ladi.
Shuningdek, farzand tarbiyasi va uning kelajagi uchun ota-ona mas’uliyatini oshirish, oilada ayollarning huquqiy himoya qilinishini kuchaytirishga alohida to‘xtalib, shuningdek aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash maqsadida 2022 yil 1 iyuldan “Aliment to‘lovlari fondi” ni tuzishga to‘xtalib o‘tdi.
Har yili 50 qiz nufuzli chet el oliy o‘quv yurtlariga bakalavr va 10 qiz magistraturaga yuborilishi, doktarantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun kamida 300 ta maqsadli kvota ajratilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatimiz ta’lim sohasining rivoji uchun katta ahamiyatga ega.
Yana bir yangilik: kelgusi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi. Shuningdek, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lanadi.
Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarda tarbiyalanayotgan, ota yoki onasini yo‘qotgan jami 2,1 ming nafar talaba qizning ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lanishi va magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab berilishi Prezidentimizning otalarcha g‘amxo‘rligi ekanligini teran his qildim. Bilimga bo‘lgan ishtiyoqi yanada ortib borayotgan qizlarning quvonchi va shodligi shubhasiz ko‘z oldimdan o‘tdi. Chunki, xotin-qizlar bilimli bo‘lsa ular kelajakda farzandlariga yaxshi tarbiya berib, bu orqali jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi, oilasidan baxt topib, hayotidan mamnun bo‘lib yashaydi va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Xalqimiz azal-azaldan yetimning boshini silagan, muhtojlarga qo‘lidan kelgancha yordam qo‘lini cho‘zgan, qiynalganga suyanch bo‘lgan saxiy xalq. Videoselektorda Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o‘tilganidek, shu yili ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltirilishi, 27 ming nafar xotin-qizning uy-joy sharoiti yaxshilanishi, 14 ming nafar yordamga muhtoj xotin-qizga ijara to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lab berilishi, 10 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan xotin-qizga reabilitatsiya vositasi bilan ta’minlanishi yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalili bo‘lib hisoblanadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, elimizda hech kim, hech qachon e’tibordan chetda qolmasligiga yanada ishonchini mustahkamlaydigan, shuningdek, xalq orzusi va tilaklari jam bo‘lganligini to‘liq anglaymiz.

Videoselektor davomida Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar va ularning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga yo‘naltirilgan taklif va tashabbuslarning mazmuni va ahamiyatini xalqimizga yetkazishda har birimizdan faollik talab etiladi. Chunki ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat rivojlanib, oilalar yanada mustahkamlanadi.
Kelajakda xotin-qizlarimiz “Xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, eng dastlab xotin-qizlarimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratishimiz kerak” deb jon kuydirayotgan davlatimiz rahbari ishonchini oqlab, imkoniyatlardan samarali foydalanib, yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagiga tinmay hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Injayim Seytnazarova,
Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining
Xotin- qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.
O‘zA