Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar o‘rtasida I Xalqaro shaxmat turniri o‘tkazilmoqda
14:34 / 2023-03-07

Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, FIDE, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Women’s Chess Championship” I Xalqaro shaxmat turniriga start berildi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 5 avgustdagi “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan turnir 9 turdan iborat bo‘lib, 2 ta guruh kesimida o‘tkazilmoqda. Turnirda ishtirok etish uchun 10 ga yaqin davlatlardan 100 dan ortiq shaxmatchilar ro‘yxatdan o‘tgan.    

Yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni rivojlantirish, yoshlarning shaxmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va  shaxmatchilarga o‘z ustida ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirning umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.  

Mazkur turnir joriy yilning 12 martiga qadar davom etadi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA