Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar o‘rtasida ertalabki badantarbiya mashqlari o‘tkazildi
09:21 / 2020-11-08

Namanganda “Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat” shiorida xotin-qizlar o‘rtasida marafon - ertalabki badantarbiya mashqlari o‘tkazildi.

Mazkur sport tadbiri viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Namangan shahar hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, sog‘lom oilani bunyod etishda ayollar salomatligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ayni shu muhim masalaga davlatimiz rahbariyati tomonidan ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda.

– 6 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida odamlar o‘rtasida piyoda yurish, yugurush bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha alohida topshiriq berildi, – deydi Namangan viloyati hokimining xotin-qizlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi – viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Iroda Qo‘chqorova. – Ayni shu maqsadda viloyat markaziga kiruvchi havo darvozasi – Xalqaro aeroport atrofida ayollar marafonni o‘tkazdik. Kelgusida mazkur marafonni an’aviy tarzda o‘tkazib boramiz.

Marafonda tadbirkor ayollar, fan, ta’lim, madaniyat, tibbiyot sohalarida ishlayotgan xotin-qizlar, faol mahalla ayollari, sportchi qizlardan iborat 300 nafardan ziyod sportsevarlar ishtirok etdi. Bunday marafonni an’anaga aylanishi o‘z navbatida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.