Xotin-qizlar o‘rtasida baliqchilikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Sohil mahallasida “Uchqo‘rg‘on farel baliq” MCHJ rahbari Dilshod Otamirzayev tomonidan 4 gektardan ortiq yer maydonida kooperatsiya asosida baliqchilik tashkil etilgan bo‘lib, hozirda bu yerda 700 ta hovuz mavjud.
Kooperatsiyada 105 nafar kishi bandligi ta’minlangan. 14 nafari tadbirkorlik qilish istagidagi, ishsiz xotin-qizlar bo‘lib, ularning har biriga 33 million so‘mdan bank kreditlari ajratildi. Natijada 4 oy davomida opa-singillarimiz kredit to‘lovlaridan tashqari, 10 million so‘mdan 18 million so‘mgacha daromad olishga muvaffaq bo‘ldi.
[gallery-9424]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA