French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar muammolari e’tiborda
15:13 / 2023-07-21

Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan xotin-qizlar tomonidan takroriy va uzoq muddat yechimini topmayotgan murojaatlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolariga qonun doirasida adolatli yechim topish maqsadida mazkur tadbirga adliya, tuman-shahar hokimliklari va MIB bo‘limlari mas’ullari jalb qilindi.  

Dastlab murojaatchilarga huquq va majburiyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tartiblari, da’volarni rad etishga asos bo‘luvchi omillar haqida tushuntirildi.  

Tadbir doirasida 100 ga yaqin xotin-qizlar viloyat adliya, MIB va oila va xotin-qizlar boshqarmalari xodimlari tomonidan yakka tartibda alohida xonalarda qabul qilindi. Murojaatlari o‘rganildi. Sa’y-harakatlar besamar bo‘lmadi.  Aksariyat murojaatlar ijobiy yechimini topdi.  

Jumladan, ayollarning 42 nafariga aliment pullari undirib berildi. 5 ta oila yarashtirildi. 8 nafar ayolning uyga kiritish masalasi hal etildi. 18 ta holatda alimentdan qarzdor otalar byuro organlaridan yashiringanligi sababli ularga nisbatan qidiruv harakatlari olib borilayotganligi, aksariyati Rossiya Federatsiyasi hududiga chiqib ketganligi aniqlanib, undiruvchilarga huquqiy maslahat berildi. 15 nafar aliment to‘lashdan bosh tortgan otalarga nisbatan esa MIBning hududlardagi bo‘limlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuborilishi ta’minlandi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA