Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazildi
12:38 / 2026-03-05

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati Do‘stlik tumani sport maktabida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha tuman ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda xotin-qizlarning jismoniy kamoloti, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni hamda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari joylarda sport tadbirlarini izchil tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan mazkur musobaqa ham ana shu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Unda tumanning umumta’lim maktablari va sport to‘garaklarida shug‘ullanayotgan iqtidorli qizlar, shuningdek, qo‘shni tumanlar vakillari qatnashishdi.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar badiiy gimnastikaning o‘ziga xos nafosati va jozibasini namoyon etishishdi. Chiqishlar hakamlar hay’ati tomonidan texnika, artistizm va ijro murakkabligi asosida baholab borildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — yoshlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlab, qo‘llab-quvvatlashdan iborat edi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanishdi.

A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari