Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.
Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.
Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi.
–Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambag‘allikka tushib qolmasligini kafolatlaydi, – dedi Prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda o‘tadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.
O‘zA