FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining ko‘rgazmalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Go‘zallik jilvasi» nomli badiiy ko‘rgazma tashkil qilindi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning tasviriy va amaliy san’at hamda hunarmandchilik sohalaridagi ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka tanishtirish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Badiiy ko‘rgazmada 50 ga yaqin asar taqdim etildi. Ular orasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari Gulsavir Saparboyeva, Feruza Xo‘jametova, Qanshayim Kamolova hamda yoshlar – Aziza Tilovmuratova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi Aynura Sapekeyeva, Natalya Xan va Guloyim Qobulbekova ishlari o‘rin olgan.
[gallery-28051]
Ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlar mualliflarning o‘ziga xos ijodiy izlanishlari, estetik dunyoqarashi va san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbatini yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, keyingi yillarda san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor xotin-qizlar sonining ortib borayotgani ham ochiq ko‘zga tashlanmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA