Xotin-qizlar himoyasi boʻyicha yangi loyiha boshlanishi kutilmoqda
Mazkur hujjat gender zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilishi kerak boʻlgan xizmat turlarining (bazaviy xizmat turlari) aniq ketma-ketligini oʻz ichiga olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya tavsiyasiga asosan BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagi ostida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarimiz uchun tezkor va sifatli yordam koʻrsatish maqsadida standart operatsion chora-tadbirlarini aks ettiruvchi hujjat ishlab chiqildi.
Mazkur hujjat gender zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilishi kerak boʻlgan xizmat turlarining (bazaviy xizmat turlari) aniq ketma-ketligini oʻz ichiga olgan. Shuningdek, gender zoʻravonligi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni yechish boʻyicha barcha choralarni tizimlashtirishga, gender zoʻravonlikdan jabrlanganlarga huquqiy, tibbiy, ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatuvchi mutaxassislarning oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarishini, respublika reabilitatsiya markazlari qoshida ochilgan vaqtincha boshpanadagi xizmatlarning samarasini taʼminlashga qaratilgan.
Huquq-tartibot organlari, tibbiy va ijtimoiy-psixologik xizmatlar koʻrsatuvchi idoralar uchun ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston milliy xususiyatlariga moslashtirilgan loyihalari Gender komissiyasi tomonidan maʼqullanishi kutilmoqda. Shundan soʻng bu loyihalar karantin tugashi bilan Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi.